Fransiya Schengen vizasini rasmiylashtirish bo`yicha tekin qo`llanma. Yevropa sayohat xarajatlaringizni $500-2500gacha kamaytiring (per person).
Fransiyaga qilgan sayohatimdan bir parcha; barcha viza olishga kerak bo`ladigan rasmiyatchiliklarni batafsil tushuntirib beraman va ishonavering bu juda oson. Agar foydali bo`lsa: Like, Comment and Share!
I. Fazliddin
6/9/253 min read
Ma'lumotlarning barchasi shaxsiy tajribamdan o`tqizilgan va o`ylaymanki sizga ham foydali bo`ladi. Gapni sayohat firmalaridan boshlasak; bir narsa tushinarsizki ularning xizmat xaqqi $500-2500 gacha ekan va bu narx kishi boshiga. Siz o`zingiz qiloladigan narsaga nima uchun shuncha pul to`lashingiz kerak, shu summani Fransiyada sayohat uchun ishlatsingiz bo`lmaydimi?
Agar vaqt tomondan yutaman va boylar uchun vaqt juda muhim desangiz, adashasiz. O`zingiz qilsangiz ham tur firma qilsa ham bir xil vaqt sarflanadi (ba'zida siz tezroq qilishiznigiz ham mumkin chunki shaxsiy malumotlaringizni faqat siz bilasiz, tur firmalar bo`lsa sizdan dokument talab qilishadi va bu protsesni cho`zdiradi). Men uchun shaxsiy ma'lumotlar nomi bilan shaxsiy. Va ma'lumotlar sir saqlanadi deyishlariga meni juda shubxam bor (mayli bu alohida masala).
Lekin ularning yutuq tomon shundaki: ular shunchaki tajribasidan o`tqizgani uchun sizdan sifatliroq ishni bajara olishadi ya'ni qayerda nima yozish kerakligini juda yaxshi bilishadi. Va bu tajribani men sizga tekinga bermoqchiman.
Ishni har doimgidek rajalashdan boshlaymiz. Tavsiyam shuki mo`ljallagan uchib ketish sanangizdan 4 oy oldin harakatni boshlang. Protses 2 ga bo`linadi:
1. Birinchisi bu Fransiya rasmiy saytida shaxsiy ma'lumotlaringizni kiritish.
2. Toshkentdagi Fransiya elchixonasida intervyu uchun navbat olish (1-qadamni to`liq tugatganingizdan keyin).
Fransiya Rasmiy saytida sizning asosiy ma'lumotlaringiz so`raladi (1-qadam):
Qizil passport ma'lumotlarinigiz;
Qayerda ishlashingiz;
Qayerlarga bormoqchisiz; Sayohat rejangizni tuzib chiqing - qaysi joylarga bormoqchisiz (Fransiya ichida bo`lishi lozim);
Qayerda turishinigiz; Hotel (Booking.com) yoki Apartment (AirBNB);
Shu ma'lumotlar 1-qadam uchun uchun yetadi. Elchixonaga borganigizda quyidagi hujjatlarni chiqartirib oborishingiz lozim va shu bilan birga qo`shimcha hujjatlar quyidagicha:
- Qizil pasportingizni barcha viza bor va muxr urilgan betlarini birma bir chiqartirib oling. Va dokumentlar orasiga tiqib qo`ying.
- Agar oilaviy uchayotgan bo`lsangiz 1-qadamda application to`ldirayotganingizda kimlar bilan ketayotganingizni yozib keting. Va 1-qadamdagi anketani ham chiqartirish esdan chiqmasin.
- Bank hisob raqam qilishda shu muhimki agar oilaviy bo`lsangiz ko`proq summa ko`rsatishingiz lozim ($20k-30k atrofida). Undan tashqari visa kartangizda har bir kishi uchun $2k summadan bo`lishi lozim (agar 5 kishi bo`lsangiz - $10k bo`lishi kerak).
- Nomingizdagi barcha uy va avto-ulov tex pasportlar barchasini chiqartirib hujjatlar orasiga tiqib qo`yish lozim. Va bu qoida siz kim bilan uchyotgan bo`lsangiz ularga ham tegishli.
- Avia chipta ko`rsatilgan sanaga olingan bo`lishi lozim. Qaytish sanangizga ham bilet olingan bo`lishi lozim (shaxsan o`zimda, borganimizda chegarada qaytish biletingni ko`rsat deb so`rashdi)
- Turar joyingiz, agar AirBNB bo`lsa arzon joylarni tanlamaslikka harakat qiling. Arzon uy tanlaydigan bo`lsangiz konsul pul bo`yicha muammosi bor ekan degan fikrga borishi mumkin.
- Agar muzey yoki parklarga oldindan bilet olsangiz bularni ham chekini chiqarib hujjatlar orasiga tiqib qo`ying (shaxsan o`zim Paris DisneyLand parkiga biletni chiqarib ko`rsatgan edim).
- Fransiyada avtomashina rent qilsangiz uni ham hujjatlar orasiga chekini tiqib ketishni unutmang. Bularning barchasi sizning sayohatingiz qanchalik ishonchli ekanini konsulga aytib turadi.
- Agar ayolingiz bilan ketayotgan bo`lsangiz va familiya o`zgargan bo`lsa anketada eski va yangi familiyani ham yozib o`tish kerak. Nikoh tuzilganligi haqida guvohnomani ham chiqaritib hujjatlar orasiga tiqing. Agar farzandingiz bo`lsa ularni tug`ilganligi haqida guvohnomasi ham kerak bo`ladi.
- Ish joyinigizdan oxirgi bir yillik daromadlaringiz haqidagi xatni ham chiqartirib oling va ish joyingizdan ma'lumotnoma ham kerak bo`ladi.
- Bankdan qaysi platik kartangizga oyliginigiz tushsa shuning oxirgi 3 oylik tarixi kerak bo`ladi. Undan tashqari visa kartangizni 1 yillik tarixi ham kerak bo`ladi.
- Agar oilangizga siz to`laygan bo`lsangiz "СПОНСОРСКОЕ ПИСЬМО" ham yozib chiqaritib olishingiz kerak.
- 3.5x4.5 oq fonda olingan rasmingiz ham kerak bo`ladi. Har bir anketa uchun 2 tadan chiqartirib oling.
- Sug`urta polisi olishingiz lozim har bir sayohatchi uchun. (Shaxsan o`zim APEX Insurancedan olgan edim). Va bu hujjatni ham chiqartirib oling.
- Mehnat daftarchangizdan nusxa kerak bo`ladi buni ham chiqartirib oling. Va ish joyingizdan "otpusk" haqida xat ham qilib, chiqartirib oling.
Agar sizda tepadagilardan tashqari, konsul qaror qabul qilishiga yordam beradigan hujjatlar bo`lsa uni ham chiqartirib oling.
Elchixonaga oldindan navbat olib qo`yish kerak (2-qadam). Shaxsan o`zimga 1 oydan keyin navbat keldi, va o`sha kunga registratsiya qildim. Elchixonaga kirish kunida barcha hujjatlaringizni chiqartirib oling. Va barchasi Ingliz tiliga tarjima qilingan bo`lishi lozim (tarjima qilishda xohlasangiz o`zingiz chatgpt orqali tarjima qilsangiz ham bo`ladi, o`zim shunaqa qildim). Har bir sayohatchi uchun 105$ dollar elchixona yig`im unduradi (maslahatim yangi dollar olib kirishga harakat qiling, qaytim ham berishmasligi mumkin, shuning uchun oldindan tayyorlanib kiring).
Hujjatlar ko`pdek tuyulishi mumkin lekin unutmang "Ko`z qo`rqoq - qo`l botir" deyishgan. Savollar va fikrlar uchun telegram kanalimda kutib qolaman.
© 2025 All rights reserved.
Assembled and powered by the author.